"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata yozda jamoani tark etadi. Bu haqda "qizil iblislar" matbuot xizmati xabar berdi. Tomonlar shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan.
Oldinroq Mata futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamayotgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, futbolchi Manchester murabbiylar shtabiga kirmoqchi emas. Bu uning rejalariga kirmaydi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda beshta uchrashuvda maydonga tushib atigi 177 daqiqa o‘ynadi. Mataning narxi 3 million yevroga baholanmoqda. U Yevropaning boshqa top-5 ligasi klublaridan birida faoliyat olib bormoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Mata Ispaniyada “Valensiya” safida to‘p surgan va 2011 yilda u 26,7 million evro evaziga Londonning “Chelsi”siga o‘tgan edi. 2014 yilda “Manchester Yunayted” futbolchini 44,7 million yevroga sotib olgandi.


