1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangi hafta O‘zbekistonda yomg‘ir bilan boshlanadi

Bugun vodiy viloyatlaridan tashqari respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilyapti.

Yangi hafta O‘zbekistonda yomg‘ir bilan boshlanadi

 

«O‘zgidromet» 6-mart kuni soat 20:00 gacha respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini maʼlum qildi.

 

Unga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja iliq, kunduzi 17-19 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

 

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

 

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 21-26 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика