1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Yangi yilgacha ko‘p narsa hal qilinishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti orada AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishini e’lon qildi.

“Yangi yilgacha ko‘p narsa hal qilinishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yaqinda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishni rejalashtirganini ma’lum qildi.

 

Zelenskiy o‘zining Telegram kanalida shunday yozdi:

"Biz bir kunni ham behuda sarflamayapmiz. Yaqin kelajakda Prezident Tramp bilan yuqori darajadagi uchrashuvga kelishib oldik. Yangi yilgacha ko‘p narsa hal qilinishi mumkin."

 

Avvalroq, Ukraina rahbari AQSh maxsus vakili Stiv Vitkoff va Trampning maslahatchisi Jared Kushner bilan telefon orqali "juda yaxshi" suhbat o‘tkazganini bildirgan. U muhokama davomida ba’zi muhim tafsilotlar ko‘rib chiqilganini va uzoq muddatli tinchlikka erishishga xizmat qiladigan samarali g‘oyalar mavjudligini ta’kidlagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика