Yaponiyaning Gunma prefekturasidagi Kanetsu tezyurar yo‘lida juma kuni soat 19:30 atrofida 57 ta transport vositasining ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki yuk mashinasining to‘qnashuvi zanjirli halokatga sabab bo‘lib, natijada 10 dan ortiq transport vositasi yonib ketgan.
Yong‘inni to‘liq o‘chirish uchun o't o‘chiruvchilarga taxminan yetti yarim soat kerak bo‘ldi.
Politsiya ikki kishining halok bo‘lganini tasdiqladi, ularning jasadlari yonib ketgan mashinalardan topilgan.
Halok bo‘lganlardan biri 77 yoshli ayol edi. Jarohatlangan 26 kishidan besh nafari og‘ir ahvolda.
Tergovchilar hodisaning asosiy sababini noqulay ob-havo sharoiti, ya’ni kuchli qor yog‘ishi va sirpanchiq yo‘l qoplamasi bilan bog‘lamoqda.
Kanetsu tezyurar yo‘li Yuzava va Tsukiyono chorrahalari orasidagi ikkala yo‘nalishda ham yopiq bo‘lib turmoqda.
Evakuatorlar ish boshlagan bo‘lsa-da, ko‘plab shikastlangan transport vositalari va yo‘lni tozalash zarurati tufayli yo‘lning qayta ochilish sanasi hali belgilanmagan.


