UEFA YCHL-2022 finalini Sankt-Peterburgdan boshqa shaharga ko‘chirish variantlari ustida ishlamoqda.
Maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiya — Ukraina mojarosi avj olgani sababli final manzilini o‘zgartirish ehtimoli ancha yuqori.
UEFA Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik qilish va Rossiyaga nisbatan joriy etiladigan sanksiyalarga qo‘shilishni rejalashtirmoqda.
Tashkilot “Uembli” variantini ko‘rib chiqmayapti. Chunki Londondagi stadion 2024 yilgi finalga mezbonlik qilishi rejalashtirilgan. Variantlar orasida Rim, Myunxen, Parij, Amsterdam va Barselonadagi stadionlar bor.


