1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevropa Ittifoqi Eron gvardiyasini terrorchilar ro'yxatiga kiritishni rejalashtirmoqda

Namoyishchilarga qarshi ko'rsatilinayotgan zo‘ravonlik keskin muhokamaga sabab bo‘lmoqda.

Yevropa Ittifoqi Eron gvardiyasini terrorchilar ro'yxatiga kiritishni rejalashtirmoqda

 

 

Eron hukumati tomonidan namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatilishi fonida Yevropa Ittifoqida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini (IRGC) terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritish masalasi yana keskin muhokamaga sabab bo‘ldi. Germaniya va Boltiqbo‘yi davlatlari ushbu tuzilmani Daish va Al-Qoida qatorida terrorchi deb tan olish tashabbusini ilgari surmoqda. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

 

Agar IRGC Yevropa Ittifoqining terroristik ro‘yxatiga kiritilsa, uning a’zolariga nisbatan aktivlarni muzlatish, sayohat taqiqi va moliyaviy operatsiyalarni cheklash kabi choralar qo‘llaniladi. Bryusseldagi diplomatik manbalarga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Erondagi namoyishlarda haddan tashqari zo‘ravonlik ishlatilgani ushbu masalani qayta kun tartibiga olib chiqdi, biroq hozircha rasmiy yozma taklif kiritilmagan.

 

AQShda joylashgan Eron inson huquqlari tashkilotlari norozilik namoyishlari davomida 2000 dan ortiq kishi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. Niderlandiya, Fransiya va Yevropa Parlamenti vakillari IRGCni terrorchi deb tan olishni eronlik namoyishchilar bilan birdamlikning aniq belgisi sifatida ko‘rmoqda. AQSh, Kanada va Avstraliya allaqachon ushbu tuzilmani xorijiy terrorchi tashkilot deb e’lon qilgan.

 

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi ichida huquqiy va siyosiy to‘siqlar saqlanib qolmoqda. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, terrorchi ro‘yxatga kiritish uchun a’zo davlat sudining qarori va barcha davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi. Fransiya, Italiya va Ispaniya ehtiyotkor pozitsiyada qolmoqda, ayrim davlatlar esa bu qaror Eronga nisbatan vaziyatni yanada keskinlashtirishi mumkinligidan xavotirda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика