Arxeologlar Iordaniya cho‘lida qadimiy Madaba mozaik xaritasida ko‘rsatilgan, VI asrga oid Vizantiya davridagi Tarais shahrining qoldiqlarini topishdi. Bu shahar uzoq yillar davomida sir bo‘lib qolgan edi.
Tarais hozirgi El-Iroq yaqinida joylashgan bo‘lib, qazishmalar chog‘ida Vizantiya davriga oid sopol idishlar, me’moriy qoldiqlar, mozaikalar va sanoat inshootlari topildi. U yerda nasroniylar jamoasi yashagani epitaflar orqali tasdiqlandi.
Shahar Rim davridagi asosiy yo‘llar chorrahasida joylashgan bo‘lib, diniy va savdo markazi bo‘lgan. Olimlar topilmalarni qadimiy xaritadagi tasvirlarga to‘liq mos kelishini alohida ta’kidlamoqda.


