Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yaponiyaning Xirosima shahrida bo‘lib o‘tayotgan G7 sammitida shaxsan ishtirok etadi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ukraina rahbari Arab Ligasi sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistonida kutilayotgan tashrifidan so‘ng AQSH harbiy samolyotida Yaponiyaga uchadi.
Yaponiya rasmiylari Zelenskiyning jadvaliga muvofiq yakshanba kuni Ukraina bo‘yicha qo‘shimcha sessiya qo‘shgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident devoni rahbari o‘rinbosari Igor Jovkva Zelenskiy Xirosimadagi G7 sammitida ishtirok etishi mumkinligini aytgandi.


