Афғон футболчиси ўлимига нима сабаб бўлди?
Афғонистон футбол терма жамоаси аъзоси Заки Анвари Американинг Кобулдан учиб кетаётган С-17А ҳарбий самолётига чиқмоқчи бўлган.


Yosh futbolchi “Tolibon” taʼqibidan qochib, mamlakatdan chiqib ketmoqchi bo‘lganida vafot etdi.
Mahalliy jurnalist Babak Tagvey “Twitter”dagi sahifasida yozishicha, yosh sportchi AQSH Harbiy havo kuchlarining S-17A samolyotiga chiqmoqchi bo‘lgan. Zaki Anvarining jasadi samolyotning maxsus bo‘linmasidan topilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha Kobuldan qaytgan Amerika harbiy samolyoti shassisidan odam tanasi qoldiqlari topilgan. Shundan so‘ng, samolyot ekipaj aʼzolari psixoterapevt va ruhoniylardan ko‘mak so‘ragan.
Jamshid Amirov







