O'zbekiston

O‘zbekistonning 6 oydagi tashqi savdosi 13,6 foizga ko‘paydi

Statistika qo‘mitasi 2021 yilning olti oyidagi tashqi savdo statistikasini eʼlon qildi. Raqamlar 2021 yilda tashqi savdo pandemiya davriga nisbatan tiklanayotganini ko‘rsatadi.

O‘zbekistonning 6 oydagi tashqi savdosi 13,6 foizga ko‘paydi

 

2021 yilning yanvar-iyun oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdosi 18 012,8 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 2 150,3 mln AQSH dollariga yoki 13,6 foizga ko‘paydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

O‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan eksport 12,3 foizga o‘sib, 7 055,5 mln dollarga, import esa 14,3 foizga oshib, 10 957,4 dollarga yetgan. 

2021 yilning 6 oyida 1 386,5 mln so‘mlik oltin eksport qilingan, bu o‘tgan yilning mos daviga nisbatan 738,1 mln dollarga kamroq degani.

Iyun oyida qariyb 200 mln dollarlik oltin sotilgan. 

Eksport tarkibida sanoat tovarlari (28,8 foiz), oltin (19,7 foiz) va xizmatlar (16,1 foiz) eksporti asosiy ulushga egaligini ko‘rish mumkin.

Joriy yilning yanvar-may oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 4 885 tani tashkil etib, (2020 yilning mos davriga nisbatan) 36,4 foizga ko‘paydi. Ular tomonidan 5 669,0 mln. AQSH dollari qiymatidagi  tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yuqori bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida yana Xitoy yetakchilik qilmoqda. Xitoy O‘zbekiston tashqi savdosidagi birinchilikni uzoq vaqtdan beri ushlab turganini taʼkidlash mumkin.

Shuningdek, rasmiy statistika O‘zbekistonning Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Koreya, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Germaniya, Turkmaniston va Ukraina bilan tashqi savdo aylanmasi yuqoriligini ko‘rsatmoqda. 

 


 
Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 38,6 foiz ulush bilan 6 946,6 mln. AQSH dollarini, eng quyi ulushni esa Jizzax viloyati 1,1 foiz ulush bilan 202,7 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonning 6 oydagi tashqi savdosi 13,6 foizga ko‘paydi | Zamon.uz