Ta'lim

Koronavirusga chalingan abituriyentlarning imtihonga kirishi ochiqlandi

2021/2022 o‘quv yili qabulida oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ochiq maydonlarda o‘tkaziladi.

Koronavirusga chalingan abituriyentlarning imtihonga kirishi ochiqlandi

 

Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

 

Test sinovlari 5 avgust sanasidan boshlanadi. Imtihonlarni o‘tkazish uchun hududlarda stadion va xiyobonlar tanlab olingan bo‘lib, test sinovi o‘tkazilishidan oldin va tugaganidan keyin hudud to‘liq dizinfeksiya qilinadi. Abituriyentlar hududga kirishda ikki metrlik ijtimoiy masofaga amal qilishlari shart. Hududga kirishda barcha abituriyentlarning tana harorati o‘lchanib, antiseptik vositalar bilan qo‘llar tozalanadi. Hududga kirishda tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan hamda test sinovlari o‘tkaziladigan davrda koronavirus infeksiyasiga chalingan va davolanish muolajalarini olgan abituriyentlarga respublika bo‘yicha test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng qo‘shimcha imtihon tashkil etiladi.

 

Abituriyentlar test sinoviga shaxsiy pasporti yoki ID kartasi hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart. Pasport nusxasi va boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi. Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga telefon, kalkulyator, quloqchin, soat, lug‘at, “shpargalka” kabi vositalarni olib kelishi taʼqiqlanadi. Agar abituriyentda bu kabi narsalar aniqlansa, u imtihondan chetlashtiriladi. Test sinovlari ochiq maydonlarda o‘tkazilishidan kelib chiqqan holda, abituriyentlar imtihonga kepka, panama kabi bosh kiyimlarda kelishi mumkin. Videofiksatsiyadan o‘tganda shaxsi tasdiqlanmagan abituriyent barmoq izi skaneri orqali tekshiriladi. Unda ham shaxsi tasdiqlanmagan abituriyent Ichki ishlar xodimlar tomonidan o‘tkaziladigan surishtiruv natijasiga ko‘ra dalolatnoma asosida test sinovidan chetlashtiriladi. Abituriyentlar tekshiruvlardan o‘tkazilgach, ularga tibbiy niqob beriladi. Tibbiy niqob yangisiga almashtirilishi shart. Test sinovi o‘tkaziladigan maydonlarda har bir abituriyent uchun 3 metr kvadratdan kam bo‘lmagan joy ajratiladi va test sinovlari kunning salqin paytida ikki smenada o‘tkaziladi. Bunda birinchi smena 7:00 da, ikkinchi smena 19:00 da boshlanadi. Birinchi smenada qatnashadigan abituriyentlar 6:30 gacha, ikkinchi smenada esa 18:30 gacha  hududga kirib, o‘z joyiga joylashgan bo‘lishi kerak. Belgilangan vaqtdan kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi. Abituriyentlarga uchta majburiy, ikkita mutaxassislik fani bo‘yicha jami 70 ta test topshirig‘ini yechish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga uch soat vaqt ajratiladi. Blyutusstatsionar va 360 gradusga aylanuvchi videokuzatuv moslamalari bilan taʼminlanadi hamda test jarayoni test2021.uz sayti orqali onlayn translatsiya  qilib boriladi.

 

Belgilangan tartib-qoidalarga to‘liq amal qiling! Unutmang, barchasi o‘z qo‘lingizda!

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq abituriyentlarga imtihonga kirishdan oldin eʼtibor berishi kerak bo‘lgan eslatmalar hamda test savollarining “X varianti” chiqqani haqida xabar berilgandi.

Bahriniso MADUMAROVA

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Koronavirusga chalingan abituriyentlarning imtihonga kirishi ochiqlandi | Zamon.uz