Test savollarining “X” varianti qo‘lga chiqib ketgani rostmi?
Test savollarining “X” varianti qo‘lga chiqib ketgani rostmi?

DTM axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda x variant deya tarqatilayotgan test topshiriqlari 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tegishli emasligini va Davlat test markazi bazasida bunday test topshiriqlari mavjud emasligini maʼlum qildi.
Davlat test markazi barcha abituriyentlar va ularning ota-onalaridan turli asossiz maʼlumotlarga ishonmasliklarini va firibgarlar tuzog‘iga tushib qolishdan ehtiyot bo‘lishlarini so‘ramoqda.
Biroz avval, Zamon.uz Davlat test markazi bilan ayni shu masalada bog'langan edik.







