Futbol bo‘yicha xorijlik murabbiy bugun Toshkentga keladi
Futbol bo‘yicha xorijlik murabbiy bugun Toshkentga keladi.


Xabaringiz bor, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash borasida anchadan buyon bahs-munozaralar davom etmoqda. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bu bo‘yicha bir qancha nomzodlarni ko‘rib chiqdi. Tanlov yakunida sloveniyalik murabbiy Srechko Katanes nomzodi maʼqul ko‘rildi.
UFA sloveniyalik murabbiy bilan hozircha og‘zaki kelishuvga erishgan. Shu bois Srechko Katanes bugun muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazish uchun yurtimizga kelyapti. Ertaga UFA vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va muzokaralar o‘tkazish kutilmoqda.
Jamshid Amirov







