U17-JCH: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi
Sergey Chigodayev shogirdlari o'yin yakuniga oz qolganda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborib bir ochkodan mahrum bo'ldi.

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan U17 Jahon chempionati E guruhining 1-turidan o‘rin olgan Kot-d’Ivuar – O‘zbekiston uchrashuvi yakunlandi. Unda Sergey Chigodayev shogirdlari 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvda hisob 7-daqiqada ochildi. Kot-d’Ivuar terma jamoasi sardori Yuber Yao o‘z jamoasini oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston o‘smirlari hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 51-daqiqada terma jamoamiz sardori Muhammad Hakimov raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
O‘yin durang bilan yakunlanayotgandek ko‘ringan bir vaqtda, 89-daqiqada Abass Diarrasuba Kot-d’Ivuarga g‘alaba keltirgan golni urdi. Shu tariqa O‘zbekiston U17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvda so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol evaziga mag‘lubiyatga uchradi.
Kot-d’Ivuar U17 – O‘zbekiston U17 2:1
Gollar: Yuber Yao (7), Muhammad Hakimov (51), Abass Diarrasuba (89).








