Kilian Mbappeni nega aldashdi?
Xabarlarga ko‘ra, Kilian «PSJ» rahbariyatini o‘z vaʼdasida turmaganlikda ayblamoqda.


U 2017 yilda parijliklar bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan edi. O‘shanda klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi futbolchiga shartnoma tugashidan bir yil oldin “Real”ga qo‘yib yuborishga vaʼda bergan. Lekin Al-Xelayfi ayni paytda aytgan so‘zini eslashni ham, Kilian bilan bu borada gaplashishni ham xohlamayapti.
Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe transferi bo‘yicha “Real madrid” klubi jiddiy kirishgan. Madridliklar futbolchi uchun 150 million yevrolik shartnoma tayyorlamoqda.
Jamshid Amirov







