Sport

Lamborgini Kountach 2,64 million dollarlik gibrid supercar sifatida qayta taqdim etildi

Eng yaxshi «supercar» 50 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbirda yangicha ko‘rinishda taqdim etildi (13 avgust 2021 yil, 22:30)

Lamborgini Kountach 2,64 million dollarlik gibrid supercar sifatida qayta taqdim etildi

 

Eng yaxshi «supercar» 50 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbirda yangicha ko‘rinishda taqdim etildi (13 avgust 2021 yil, 22:30)

Lamborgini Countach LPI 800-4.

Umumiy xususiyatlari

Lamborghini tez yuradigan mashinalarni sevuvchilar insonlar uchun eng yaxshi Lambani qayta “tiriltirdi”. Kountach LPI 800-4 "Ushbu avtomobil 70-80 yillarning ramziy Kountachi hisoblanadi. O‘n yillikning elita super sport modeliga aylanganini tasavvur qilishga harakat qiling", — dedi Lamborgini prezidenti va bosh direktori Stampan Vinkleman avgust oyida avtomobilning debyuti haqidagi matbuot bayonotida. (13 avgust Kaliforniya shtati, Karmel shahridagi “QUIL” avtosport yig‘ilishida.)

Kountach LPI 800-4 2022 yilning birinchi choragidan boshlab butun dunyo bo‘ylab egalariga yetkaziladi. Eski Kountachning dvigateli V12 ni yangi avlod 48V elektron dvigateliga o‘zgartirgan holda, superkondansatkichli texnologiya bilan birlashtirishgan. To‘liq gibrid platformada qurilgan zamonaviy Kountach yonish dvigatelidan umumiy hisobda 825 ot kuchiga ega. Lamborginining rasmiy saytlaridagi maʼlumotlariga ko‘ra, mashina soatiga 62 km tezlikni 2,8 soniyada bosib o‘tadi. Soatiga 355 km tezlikka erishadi. Bu 5 soniyali sprint va 180 mil/soat tezlikni kamaytiradigan raqamlar hisoblanadi.

 

Oldingi Kountachning dunyoga kelishi

Dastlab 1971 yil Jeneva avtosalonida prototip sifatida taqdim etilgan oldingi Kountach dizayneri Marsello Gandini tomonidan taqdim etilgandi. Italiyaning mashhur boylari Lamborginining buyurtma kitoblarini yangi dizayndagi depozitlar bilan tasdiqladi. 1974 yilga kelib, Lamborghini avto kampaniyasi Kountach LP400 avtomobilini ishlab chiqargan.

Tarkibiy elementlari

Ishlab chiqariladigan (poygachi bo‘lmagan) avtomobil uchun tarkibiy elementlar -alyuminiy plastmassadan yasalgan korpus quvurli kosmik ramka, asboblar paneli, qaychi eshiklari va hatto, kruiz boshqaruvining erta tizimi, boshqa ko‘plab modellarga tezda taʼsir ko‘rsatadi. Mashinada dahshatli yon va orqa ko‘rinish, kabinaning yoqimli shamollatilishi kabi ko‘plab qulaylikga ega.

 

Kountach LPI 800-4 egalari har xil tashqi bo‘yoqlardan tanlashi mumkin. Masalan, Infinity Impact White (oq), Giallo (sariq) va Verde Medio (to‘q yashil). Zamonaviy palitrada, asosan, Violea Pasifale yoki Blue Uran kabi metall ranglar mavjud. Mashinaning ko‘plab qismlariga uglerod tolalar aralashmasi mavjud. Ushbu tolalar tashqi ko‘rinishda, orqa diffuzerda, monokok shassisida, old bo‘lakchada, old oynaning atrofida va qanot oynalari mujassam. Ushbu qo‘shimcha mexanizmlar Kountach LPI 800-4 ni oldingisidan ko‘ra yengilroq qiladi — 3516 funt (1,595 kg). Bu esa supercarga yana-da tezroq yurishga imkoniyat beradi.

Salon qulayliklari 

Ko‘rgazma modelining ichki qismi qizil va qora teridan iborat. LPI 800-4 qizil va qora teri ichki va Ferrussio Lamborgini Kountach LP 400 S ni esga soladigan marvaridli ko‘k rangdagi eksklyuziv Bianso Siderale bo‘yoq rangiga ega edi. Butun Kountach oilasida bo‘lgani kabi to‘rtta chiqindi quvurlari bor: ular uglerod tolali orqa diffuzer ichida ulanadi. Uning kuzoviga o‘ziga xos Kountach gillalari bilan bezatilgan aeroskoplarni qo‘shdi. LPI 800-4 uchun xos bo‘lgan 8,4 dyuymli Aplle-CarPlay markaziy sensorli ekran boshqaruvi avtomobilning deyarli 90 foizini boshqarishga yordam beradi. Bundan tashqari, Kountach dizayn logotipini tushuntiruvchi va yozuvni ijro etuvchi noyob Style tugmasi ham mavjud.

Ushbu avtomobil 2022 yili o‘z egalariga yetkazilib beriladi. Mashinaning tan narxi 2.64 million dollar.

PS: Pul insonga baxt bera olmaydi, deyishadi. Balki to‘g‘ridir. Ammo ushbu avtomobilni xarid qilganlar dunyodagi eng baxtli inson bo‘lishi mumkin.

 

Murod Bahodirov

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"