Sport

Shaxmat bo‘yicha xalqaro turnirda yetakchilar saralanmoqda

Shaxmat bo‘yicha xalqaro turnirda yetakchilar saralanmoqdaю

Shaxmat bo‘yicha xalqaro turnirda yetakchilar saralanmoqda

 

16-avgust kuni poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida start olgan xalqaro grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan o‘n to‘rtinchi anʼanaviy xalqaro musobaqada 3-tur o‘yinlari ortda qoldi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Eʼtiborlisi, dunyoning 12 ta davlatidan 150 nafar aql-idrok sohiblari qatnashayotgan ushbu musobaqaning «A» guruhida hozircha hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov mag‘lubiyatsiz odimlamoqda. Turnirning 1- raqamli ishtirokchisi  Abdusattorov 3-turda qora donalarda o‘ynaganiga qaramay belaruslik Kirill Spivakni mag‘lub etdi. Musobaqada g‘oliblikka asosiy daʼvogarlardan biri armanistonlik Shant Sargisyan ham hozircha 100 foizlik natija qayd etib turibdi.

 

U 3-turda ozarbayjonlik xalqaro grossmeyster Muradli Muhammad ustidan g‘alaba qozondi. Shuningdek, hozircha yana bir armanistonlik shaxmatchi Tigran Arutunyan hamda Eron  vakili Arian Golami ham 3 o‘yindan 3 ochko jamg‘argan holda yetakchilar safida bormoqda. Yosh, umidli shaxmatchimiz Humoyun Bekmurodovning 2,5 ochko bilan 5-8-o‘rinlardan joy olib turganligi tahsinga loyiq. Hamyurtlarimizdan Nodirbek Yoqubboyev hamda Bobir Sattorov ham xuddi shuncha ochko jamg‘argan.

Jamshid Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Shaxmat bo‘yicha xalqaro turnirda yetakchilar saralanmoqda | Zamon.uz