Sport

Tokio Paralimpiadasida bir nafar afg‘on sportchisi ishtirok etadi

Tokio Paralimpiadasida bir nafar afg‘on sportchisi ishtirok etadi.

Tokio Paralimpiadasida bir nafar afg‘on sportchisi ishtirok etadi

 

Abbos Karimiy  Tokio Paralimpiadasida Afg‘oniston sharafini himoya qiluvchi yagona sportchi bo‘ladi. U Afg‘onistonni 16 yoshida tark etgan, avval Eron, keyin Turkiyaga ko‘chib o‘tgan. 2013 yildan 2016 yilgacha Turkiyada qochqinlar lagerida yashagan.

 

 Karimiy suzish bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etib, 15 ta medalni qo‘lga kiritdi, ikkita marta milliy chempionat g‘olibi bo‘ldi. Biroq pasporti va boshqa kerakli hujjatlari bo‘lmagani sababli xalqaro musobaqalarda qatnasha olmadi.

 

Abbos Karimiy  qochqinlar guruhi vakili sifatida 27 avgust kuni 50 metrga batterflyay usulida, 30 avgustda esa 50 metrga chalqancha suzish musobaqasida ishtirok etadi.

 

Jamshid Amirov

Tokio Paralimpiadasida bir nafar afg‘on sportchisi ishtirok etadi | Zamon.uz