Tokioda Paralimpiya qishlog‘i ochildi
Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar tufayli Paralimpiya qishlog‘ining ochilish marosimi tantanalarsiz o‘tdi.


Bundan bir oy oldin Olimpiya shaharchasi ham shu tarzda ochilgan edi. Qishloqda yashash uchun barcha sharoit mavjud — 8 mingga yaqin o‘rin uchun uy jihozlari olib kelindi, protez va nogironlar aravachalarini taʼmirlaydigan maxsus markaz ishga tushgan.
Qoidaga ko‘ra, paralimpiyachilar qishloqqa musobaqadan besh kun oldin joylashadi va uni o‘yinlar yakunlanganidan so‘ng ikki kun ichida tark etadi. Sportchilar koronavirusga qarshi har kuni test topshiradi.
Eslatib o‘tamiz, Paralimpiya o‘yinlari Tokioda 24 avgustdan 5 sentyabrga qadar davom etadi.
Jamshid Amirov







