Sport

O‘zbek shaxmatchilari nega boshqa davlat sharafini himoya qilishyapti?

Toshkent shahrida shu yilning 16 avgustida Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirga start berildi.

O‘zbek shaxmatchilari nega boshqa davlat sharafini himoya qilishyapti?

 

Sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSH dollaridan iborat bo‘lgan musobaqada dunyoning o‘ndan ortiq davlatidan shaxmatchilar ishtirok etmoqda.  Xo‘sh, Georgiy Agzamovni bilamizmi: u  kim? Bugungi kunda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining imkoniyatlari qay darajada? Quyida ana shu savollarga javob topishga harakat qilamiz.

 

Markaziy Osiyoning birinchi grossmeysteri

 

Georgiy Agzamov 1954 yil 6 sentyabrda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida jarroh Tojixon Agzamov oilasida tug‘ilgan. Uning ota-onasi shaxmat o‘yinini juda qadrlagan. Shu sababli Georgiy Agzamov shaxmat bilan shug‘ullana boshlaydi. U 11 yoshida kattalar o‘rtasida Olmaliq chempioni, 1976 va 1981 yillarda esa O‘zbekiston chempionati g‘olibi bo‘ladi. Shundan so‘ng bir qator musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kirita boshlaydi. Agzamov 1982 yilda Xalqaro shaxmat ustaligiga ega bo‘ladi. Chigorin xotirasiga bag‘ishlangan Sochi turniridagi g‘alabasidan so‘ng, unga xalqaro grossmeyster unvoni beriladi. Shu tariqa Agzamov tarixda Markaziy Osiyoning birinchi grossmeysteriga aylanadi. Isteʼdodli shaxmatchi, ayniqsa, 1983-1985 yillarda eng yaxshi natijalarni qo‘lga kiritdi.

 

Agzamov 1986 yil 27 avgustda 32 yoshida fojiali tarzda vafot etadi. O‘sha yildan boshlab O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlab xalqaro shaxmat turniri tashkil etib kelinmoqda.

 

Boshqa davlat sharafini himoya qilayotgan o‘zbek shaxmatchilari

 

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining moliyaviy ahvoli, xodimlarni oylik maosh bilan taʼminlashdagi muammolar va yosh shaxmatchilarni qo‘llab-quvvatlash xususida tanqidiy fikr-mulhazalar bildirilgan edi.

 

Dunyo shaxmat tarixida ikkinchi eng yosh xalqaro grossmeysterga aylangan Javohir Sindorovning federatsiya va uning shaxmatga eʼtiborsizligi  haqidagi intervyusi chop etilgandi. Bugungi kunda bir nechta o‘zbek shaxmatchisi xalqaro musobaqalarda boshqa davlat tarkibida ishtirok etmoqda. Masalan, Gulruhbegim Tohirjonova AQSH shaxmat federatsiyasi vakiliga aylangan, Nafisa Mo‘minova Yevropadagi mashhur shaxmat klubi safida ishtirok etayapti, Temur Garayev xalqaro musobaqalarda Qozog‘iston nomidan qatnashayapti. Ular safiga yana Anton Filippov va Temur Ko‘ybakorovni ham qo‘shish mumkin. 2004—2005 yillarda jahon kubogi sohibi bo‘lgan Rustam Qosimjonov bugungi kunda Germaniyada yashamoqda.

 

Ular nega bu yo‘lni tanlashdi?

 

Federatsiyaning moddiy imkoniyati bir necha yil davomida qoniqarsiz ahvolda bo‘lgan, shaxmatchilarimizni doimiy qo‘llab-quvvatlay olmagan. Buning natijasida bir qancha kuchli shaxmatchilarimiz federatsiya tarkibidan chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Poytaxtimizda boshlangan xalqaro shaxmat turnirining ochilish marosimida federatsiya rahbari Aziz Abduhakimov yuqorida taʼkidlangan muammolar bo‘yicha quyidagi fikrlarni bildirdi: «Biz federatsiya faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqdik. Ommaviy axborot vositalarida federatsiya faoliyati bilan bog‘liq juda ko‘p material eʼlon qilindi. Biz bugun to‘liq struktura ishlab chiqqanmiz. Bundan tashqari federatsiyaning moliyaviy holati bo‘yicha ham ishlar amalga oshirildi. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, hozirgi kunda federatsiyamizning moliyaviy ahvoli juda barqaror. Yirik-yirik musobaqalarni tashkillashtirishga bemalol qurbi yetadi».

 

Imkoniyat bo‘lsa natija bo‘ladi

 

2021 yil 14 yanvarda “Shaxmatni yana-da rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Unda shaxmat bo‘yicha respublika hamda xalqaro musobaqalar va olimpiadalar g‘oliblari, xalqaro grossmeyster, xalqaro toifadagi sport ustasi, xalqaro unvonlarga ega bo‘lgan trener va hakamlar unvonlarini qo‘lga kiritgan shaxmatchilarni pul mukofotlari bilan taqdirlash, mamlakatimizning Xalqaro shaxmat federatsiyasidagi (FIDE) reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash va 2025 yilda birinchi 10 talikka kirishiga erishish kabi   bir qator vazifalar belgilandi. Ushbu vazifalar ijrosi sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish, qobiliyatli shaxmatchilarni tarbiyalash va rag‘batlantirishga qaratilgan. Buning uchun bizda barcha imkoniyat mavjud. Shaxmatchilarimizning xalqaro musobaqalarda erishayotgan natijalari bunga yaqqol dalil bo‘la oladi. Masalan, yaqinda Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkazilgan jahon kubogida Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov 1/16 final bosqichiga qadar yetib bordi.  Prezident qarorida belgilangan vazifalar shaxmat sporti nufuzini yana-da yuksaltirish, xalqaro reyting ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi.

 

 Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbek shaxmatchilari nega boshqa davlat sharafini himoya qilishyapti? | Zamon.uz