Messi va Ronaldu kuchli uchlikka kirolmadi
Messi va Ronaldu kuchli uchlikka kirolmadi.


Kecha Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) o‘zining rasmiy saytida 2020/2021 yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi mukofotiga nomzodlar ro‘yxatini eʼlon qildi. Kuchli uchlikka Kevin De Bryuyne (Belgiya, «Manchester Siti») Jorjino (Italiya, “Chelsi”) va NʼGolo Kante (Fransiya, “Chelsi”) kirdi.
Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, “Yuventus”) va Lionel Messi (Argentina, “PSJ) esa kuchli uchlikka kira olmadi.
Kuchli uchlikka kirganlar ovoz berish orqali aniqlandi. Unda “Yevro -2020”da qatnashgan 24 ta terma jamoa murabbiylari, 2020/2021 yilgi mavsumda Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi guruh bosqichida o‘ynagan 80 ta klub murabbiylari, shuningdek, 55 ta sport jurnalistlari ishtirok etdi.
Mukofot 26 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Chempionlar ligasining guruh bosqichiga qurʼa tashlash marosimida topshiriladi.
Jamshid Amirov







