Saloh “Liverpul” tarixida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi
“Liverpul” klubi Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu borada tomonlar allaqachon muzokara olib bormoqda.


Xabarlarga ko‘ra, Saloh “Liverpul” tarixidagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanishi mumkin. Hozirda u haftasiga taxminan 233 ming yevro maosh oladi.
29 yoshli misrlik hujumchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunigacha edi. O‘zaro kelishuv natijasida shartnoma 2025 yilga qadar uzaytirilishi mumkin.
Muhammad Salah “Liverpul” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U klub tarkibida Angliya chempionligi bilan bir qatorda Yevropa chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Misrlik futbolchi Angliya Premyer ligasi yangi mavsumining birinchi turida “Norvich” darvozasiga uchta to‘p kiritdi. Shu tariqa u chempionatning boshlang‘ich turida urilgan gollar bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu futbolchi uchun Angliya chempionatining birinchi turida muvaffaqiyatli o‘tgan beshinchi uchrashuvdir.
Eslatib o‘tamiz, Bundan avvalroq futbolchining «Real Madrid» ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jamshid Amirov







