Sport

«Bizga yaxshi futbolchilar kerak» – Srechko Katanes

O‘zbekiston futbol terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi kutilayotgan sloveniyalik Srechko Katanes kecha Toshkentdagi “Bunyodkor” va “Jar” stadionlarini borib ko‘rdi.

«Bizga yaxshi futbolchilar kerak» – Srechko Katanes

 

Murabbiy shundan so‘ng  stadionlarning bugungi holati yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi: « Futbol maydonlari ob-havo tufayli unchalik yaxshi holatda emas. Kelgusida barchasi yaxshi bo‘ladi, deb umid qilaman. Yaqinda hamma narsa o‘zgaradi. O‘yinchilar ham almashishi mumkin. O‘zbekiston terma jamoasidagi futbolchilarni yaxshi bilaman. Endi ularning o‘yinini muntazam kuzatib borishimiz kerak. O‘zbekiston terma jamoasi bilan yaxshi natijalarga erishish mumkin. Agar bir qarorga kela olsak, qo‘limdan kelganicha harakat qilaman. Eng muhimi bizga yaxshi futbolchilar kerak».

 

Eslatib o‘tamiz, sloveniyalik murabbiy 18 avgust kuni o‘zaro kelishuvning so‘nggi bosqichini amalga oshirish uchun Toshkent shahriga kelgandi. Bundan oldin Srechko Katanes Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish olib borgan.

 

Jamshid Amirov

«Bizga yaxshi futbolchilar kerak» – Srechko Katanes | Zamon.uz