Kurashchimiz jahon chempionati finalida qatnashadi
Shu kunlarda Rossiyaning Ufa shahri erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.


Unda o‘zbekistonlik kurashchilar ham munosib ishtirok etmoqda. Terma jamoamiz safida 55 kilogramgacha vazn toifasida ishtirok etayotgan Alimardon Abdullayev final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik kurashchi 1/8 finalda qirg‘izistonlik Akyikat Kuljigitni, chorak finalda ruminiyalik Denis Florinni mag‘lub etdi. Yarim finalda tojikistonlik Aslam Azizovga qarshi gilamga chiqqan kurashchi yakunda 8-3 hisobida g‘alaba qozondi. Abdullayev jahon chempionati oltin medali uchun eronlik Amirrizo Dehbozorgi bilan kurashadi.
Bundan avval kurashchilarimiz jahon chempionatida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
Jamshid Amirov







