Sport

Xalqaro shaxmat turniri yakuniy bosqichga yetdi

22 avgust kuni soat 15:30da Xalqaro shaxmat akademiyasida musobaqaning yopilish marosimi o‘tkaziladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xalqaro shaxmat turniri yakuniy bosqichga yetdi

 

 

16 avgust kuni poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida boshlangan shaxmat turniri ertaga o‘z poyoniga yetadi.

 

O‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Aʼzamov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan XIV anʼanaviy xalqaro turnirda dunyoning 12 ta davlatidan jam bo‘lgan 150 nafar aql-idrok sohiblari g‘oliblik uchun dona surishmoqda.

 

Ortda qolgan 8-turdan keyin g‘oliblikka daʼvogar ikki nafar shaxmatchi ajralib qoldi. Bular – armanistonlik Shant Sargisyan hamda hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyevlardir.

 

7-tur yakunlariga ko‘ra 5,5 ochko bilan peshqadamlar safida kelayotgan hamda qo‘shimcha koeffitsiyentlarga ko‘ra birinchi pog‘onani egallab turgan yana bir vakilimiz Nodirbek Abdusattorov esa 8-turda oq donalarda o‘ynagan bo‘lishiga qaramay o‘z jamoadoshi Jahongir Vohidovga imkoniyatni boy berdi. Natijada Abdusattorov biryo‘la 4-o‘ringa tushib ketdi.

 

8-turda Sargisyan o‘z hamyurti Tigran Arutunyanni, Yoqubboyev esa qora donalarda o‘ynashiga qaramay eronlik Aryan Golamini mag‘lub etdi. Natijada Sarkisyan va Yoqubboyev o‘z ochkolari sonini 6,5 taga yetkazib olgan holda taʼqibchilaridan o‘zib ketishdi va so‘nggi tur oldidan aynan mana shu ikki sportchida musobaqa g‘olibi bo‘lish uchun juda yaxshi imkoniyat hosil bo‘lgan.

 

 

Abdusattorov ustidan qozonilgan g‘alaba esa Vohidovga 6 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarilib olish imkonini berdi.

 

4-11-o‘rinlarda borayotgan shaxmatchilar esa bir xil – 5,5 tadan ochko jamg‘arishgan.

 

Avvalroq musobaqada yetakchilarning saralanayotgani haqida xabar bergan edik.

 

Jamshid Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Xalqaro shaxmat turniri yakuniy bosqichga yetdi | Zamon.uz