Olimpiya qishlog‘ida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi
20 avgust kuni O‘zbekiston sport delegatsiyasi Xll yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun kunchiqar yurt Yaponiyaga jo‘nab ketgan edi.

Kecha vakillarimiz Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilari uchun maxsus barpo qilingan Olimpiya qishlog‘iga joylashdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Shu kunning o‘zida Olimpiya qishlog‘ida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi. Mamlakatimiz sport delegatsiyasi aʼzolari tezkor shtabda kichik yig‘ilish o‘tkazdi. Unda bo‘lajak musobaqada faol ishtirok etish, Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik to‘yiga munosib tuhfa hozirlash lozimligi taʼkidlandi. Eslatib o‘tamiz, Paralimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi 24 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. 25 avgustdan musobaqani para atletlar boshlab beradi.







