Yurtimizning barcha ta’lim muassasalariga "Prezident sovg‘asi" yuklangan karvon yo‘lga chiqdi
1-sinf o‘quvchilariga beriladigan "Prezident sovg‘asi" tarkibidan 14 turdagi o‘quv qurollari o‘rin olgan.

Joriy yilning 23 avgust kuni an’anaga ko‘ra 1-sinf o‘quvchilariga topshiriladigan «Prezident sovg‘alari»dan iborat karvon hududlarga yo‘l oldi.
14 turdagi o‘quv qurollari, jumladan portfel, daftar, rasm daftari, akvarel bo‘yoqlari, rangli qog‘oz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli va oddiy qalamlar, plastilin, yelim, o‘chirg‘ichni o‘z ichiga olgan sovg‘alar dastlab Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga yetib boradi. Yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar mazkur sovg‘alar bosqichma-bosqich barcha maktablarga yetkazilib, o‘quv yilining ilk kuni o‘quvchilarga topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-2022 o‘quv yilida 641 604 nafar o‘quvchilar maktablarning 1-sinflariga qabul qilinishi rejalashtirilgan.







