Jahon

Janubiy Koreyada imtihon mojarosi: ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Ta’lim vaziri vaziyatga oldindan tayyorgarlik ko‘rilmagani uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

Janubiy Koreyada imtihon mojarosi: ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Janubiy Koreya ta’lim vaziri Choy Kyo-jin universitetga kirish imtihonida sun’iy intellekt yordamida firibgarlikning oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan shoshilinch choralar sabab yuzaga kelgan tartibsizliklar uchun javobgarlikni zimmasiga olib, iste’foga chiqdi. Prezident Li Je Myon uning iste’fosini qabul qildi.

 

Mamlakatda har yili o‘tkaziladigan Suneung universitetga kirish imtihoni payshanba kuni bo‘lib o‘tdi. To‘qqiz soatgacha davom etadigan imtihonda qariyb 500 ming nafar o‘quvchi qatnashdi. Ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu yil 111 nafar nomzodda foydalanish taqiqlangan aqlli qurilmalar aniqlangan.

 

Mojaroga bir hafta avval soliq hisobi bo‘yicha milliy imtihonda eng yuqori natijani qayd etgan 34 yoshli Han Von Sokning firibgarlik qilganini tan olishi sabab bo‘ldi. U imtihon savollarini mikrokamera orqali suratga olib, sun’iy intellektga yuborganini va javoblarini smartfon yordamida tekshirganini ma’lum qildi. Han 160 ta savoldan faqat bittasiga noto‘g‘ri javob bergan edi.

 

Shundan so‘ng rasmiylar Suneung imtihonida ham shunday holatlarning oldini olish uchun shoshilinch choralar ko‘rdi. Xususan, imtihon kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:00 dan 15:00 gacha mamlakat bo‘ylab uch marta favqulodda ogohlantirish xabari yuborildi. Signallar telefonlar ovozsiz rejimda bo‘lganida ham yangradi. Faqat o‘chirilgan yoki samolyot rejimiga o‘tkazilgan qurilmalar bundan mustasno bo‘ldi.

 

Bu Janubiy Koreyada imtihonda firibgarlikning oldini olish uchun milliy favqulodda vaziyatlar ogohlantirish tizimidan ilk bor foydalanilishi bo‘ldi. Bundan tashqari, nomzodlardan kiyimlaridagi tugmalarni yopish talab qilindi, ko‘zoynaklar ham yashirin kameralar bor-yo‘qligiga tekshirildi.

 

Ko‘rilgan choralar qoidalarga muvofiq imtihon topshirayotgan o‘quvchilarda ham xavotir uyg‘otdi. Ayrim nomzodlar ko‘zoynaklari aqlli qurilma sifatida noto‘g‘ri talqin qilinishidan cho‘chib, imtihonga kontakt linzalarda kelishga qaror qilgan.

 

Choy Kyo-jin Yonhap agentligiga bergan bayonotida vazirlik vaziyatga oldindan tayyorgarlik ko‘rmagani uchun tanqiddan qochib qutula olmasligini ta’kidladi. U imtihon yakunlanganidan so‘ng yuzaga kelgan vaziyat uchun javobgarlik his qilayotganini bildirib, iste’foga chiqdi.

 

Prezident Li Je Myon esa amaldagi universitetga kirish imtihonlari tizimini isloh qilish zarurligini avval ham ta’kidlab kelgan.

AQSH dengiz portlari xakerlar nishonida: kiberhujumlar soni keskin oshdi

AQSH dengiz portlari xakerlar nishonida: kiberhujumlar soni keskin oshdi

Mutaxassislar bunday hujumlar yuk tashish va energiya resurslari eksportiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilari hujumi: 12 ta avtomobil yoqib yuborildi

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilari hujumi: 12 ta avtomobil yoqib yuborildi

Bosib olingan G‘arbiy Sohildagi bir nechta Falastin qishlog‘ida sodir bo‘lgan hujumlar Isroilda ham siyosiy bahslarga sabab bo‘ldi.

Meksikada narkokartel rahbarini qo‘lga olish operatsiyasi: 11 kishi halok bo‘ldi

Meksikada narkokartel rahbarini qo‘lga olish operatsiyasi: 11 kishi halok bo‘ldi

AQSH Mesa Floresni qo‘lga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun 5 million dollar mukofot va’da qilgan edi.

G‘azoda oziq-ovqat tarqatayotgan avtomobilga Isroil droni zarba berdi: uch kishi halok bo‘ldi

G‘azoda oziq-ovqat tarqatayotgan avtomobilga Isroil droni zarba berdi: uch kishi halok bo‘ldi

Avtomobil bolalarga oziq-ovqat va ichimlik tarqatish uchun to‘xtashga tayyorlanayotgan paytda raketa bilan urilgani aytildi.

Hormuz bo‘g‘ozidagi hujumlar kuchaydi: Eron ikkita raketa uchiruvchi qurilmani namoyish etdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi hujumlar kuchaydi: Eron ikkita raketa uchiruvchi qurilmani namoyish etdi

Raketa qurilmasi namoyishi AQShning Eron raketa dasturini yo‘q qilgani haqidagi bayonotlari fonida amalga oshirildi.

O‘yin sanoatida rekord: GTA VI ilk kunidayoq qariyb 4 milliard dollar daromad keltirdi

O‘yin sanoatida rekord: GTA VI ilk kunidayoq qariyb 4 milliard dollar daromad keltirdi

Bu ko‘rsatkich 2013-yilda chiqarilgan GTA V’ning dastlabki uch kunlik 1 milliard dollarlik natijasidan qariyb to‘rt baravar yuqori.

Yevropada antibiotiklarga chidamli bakteriya tarqalishi xavfi oshmoqda: JSST ogohlantirdi

Yevropada antibiotiklarga chidamli bakteriya tarqalishi xavfi oshmoqda: JSST ogohlantirdi

Klebsiella pneumoniae sababli yuzaga kelgan qon infeksiyalari 2019–2025-yillarda 72 foizga oshdi.

Tramp yil oxirigacha Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishmoqchi — FT

Tramp yil oxirigacha Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishmoqchi — FT

AQSh demokratlar Kongress ustidan nazoratni qo‘lga kiritishidan avval Rossiya va Ukraina o‘rtasida kelishuvga erishishga shoshilmoqda.