O'zbekiston

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Poytaxtda 27–30-noyabr kunlari kuchli harorat inversiyasi kuzatilishi mumkin.

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Toshkent shahrida noyabr oyining so‘nggi kunlarida atmosfera havosining ifloslanishi kuchayishi mumkin. Xususan, 27–30-noyabr kunlari harorat inversiyasi kuchayishi sababli havoda mayda dispersli PM2,5 zarrachalari miqdori ortishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lum qildi.

 

Qo‘mita tizimidagi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti (GMITI) mutaxassislari Toshkent havosining 2026-yil 1–21-noyabr kunlaridagi holatini meteorologik sharoitlar, avtomatik monitoring stansiyalari va laboratoriya tahlillari asosida o‘rgangan.

 

Tahlillarga ko‘ra, joriy yil noyabr oyida havodagi PM2,5 zarrachalari miqdori 2025-yilning shu davriga nisbatan qariyb 50 foizga kamaygan. Shuningdek, sutkalik ruxsat etilgan me’yor — 60 mkg/m³ dan oshish holati joriy yilda 4 kun, o‘tgan yili esa 15 kun kuzatilgan.

 

31-oktabrdan 20-noyabrgacha Olmazor, Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridan olingan namunalar laboratoriyada tekshirilgan. Natijalarga ko‘ra, noyabr oyida PM2,5 tarkibidagi ifloslantiruvchi manbalarning o‘rtacha ulushi quyidagicha bo‘lgan:

 

  • Sanoat, transport va energetika sohalaridagi yonish jarayonlari — 48 foiz;
  • tabiiy chang — 38 foiz;
  • manbasi aniqlanmagan komponentlar — 11 foiz;
  • og‘ir metallar — 2 foiz.

 

Tahlillar ifloslanish manbalari ulushi ob-havo sharoitiga qarab o‘zgarishini ham ko‘rsatgan. Masalan, 31-oktabr — 3-noyabr kunlari havo turg‘unligi va harorat inversiyasi sharoitida yonish jarayonlarining ulushi 55 foizni tashkil etgan. 31-oktabrdan 2-noyabrga o‘tar kechasi esa Olmazor, Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida bu ko‘rsatkich 60–61 foizga yetgan.

 

9–10-noyabr kunlari yomg‘irdan keyin tabiiy chang ulushi 15–26 foizgacha kamaygan, yonish jarayonlarining ulushi esa 64–77 foizni tashkil qilgan. 19–20-noyabr kunlari shamol ta’sirida Olmazor tumanida tabiiy chang ulushi 57 foizga yetib, kuzatuv davridagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan. 17–19-noyabr kunlari esa Mirzo Ulug‘bek tumanida og‘ir metallar ulushi 10 foizgacha ko‘tarilgan.

 

Institut ma’lumotlariga ko‘ra, havo turg‘un bo‘lgan kunlarda PM2,5 konsentratsiyasi, ayniqsa, kechki soatlarda oshgan. 13–18-noyabr kunlari soat 22:00 da mayda zarrachalar miqdori 75 mkg/m³ ga yetgan. Kunduzi, soat 13:00 da esa havo aralashuvi kuchayishi hisobiga bu ko‘rsatkich 26 mkg/m³ gacha pasaygan. Ya’ni kechki va kunduzgi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq qariyb uch baravarni tashkil etgan.

 

ECMWF ansambl modeli asosida tayyorlangan prognozga ko‘ra, noyabr oyining qolgan qismida Toshkentda ob-havo ikki bosqichda o‘zgaradi.

 

22–26-noyabr kunlari iliq havo massasi ta’sirida kunduzgi harorat +14…+25, kechasi esa +6…+9 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi asosan 1–2 m/s atrofida bo‘ladi. 24-noyabr kuni yomg‘ir yog‘ish ehtimoli 92 foizni, 26-noyabr kuni kechqurun esa 44 foizni tashkil etadi. 26-noyabrda shamol tezligi 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

Atmosfera frontlari ta’sirida yomg‘irli kunlarda havo tozalanishi kutilmoqda. Biroq 22 va 25-noyabr kunlari kechki hamda tungi soatlarda harorat inversiyasi sababli ifloslantiruvchi moddalar miqdori qisqa muddatga ortishi mumkin.

 

27–30-noyabr kunlari esa kuchli harorat inversiyasi kuzatilishi prognoz qilinmoqda. 27-noyabrdan atmosfera fronti o‘tishi ortidan antisiklon shakllanishi, 27–28-noyabr kunlari atmosfera bosimi 1028–1029 gPa gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu davrda shamol tezligi 0,5–1,5 m/s atrofida bo‘lishi, yog‘ingarchilik kuzatilmasligi mumkin. Kechasi harorat +4…+5, kunduzi esa +10…+12 daraja bo‘lishi prognoz qilingan. Tungi va ertalabki soatlarda tuman tushishi ehtimoli ham bor.

 

Mutaxassislar aynan shu kunlarda, xususan, isitish mavsumi bilan bog‘liq chiqindilar ta’sirida PM2,5 zarrachalari konsentratsiyasi oshishi xavfi yuqori ekanini ta’kidlamoqda. 30-noyabrdan atmosfera bosimi pasayishi va inversiya xavfi o‘rtacha darajaga tushishi kutilmoqda.

 

Taqqoslash uchun, 2025-yilning 22–30-noyabr kunlari Toshkentda PM2,5 zarrachalarining o‘rtacha konsentratsiyasi 161 mkg/m³ ni tashkil etgan va to‘qqiz kunning barchasida sutkalik me’yordan oshish kuzatilgan. Joriy yilda esa atmosfera frontlari ta’siri sababli o‘tgan yilgidek uzluksiz yuqori ifloslanish holati kutilmayapti.

 

Qayd etilishicha, 2026-yil noyabr oyining dastlabki 21 kunida Toshkent havosining sifati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli yaxshilangan. Bunda yog‘ingarchilik va atmosfera frontlari muhim rol o‘ynagan. Mutaxassislar havo sifatini barqaror yaxshilash uchun ifloslanish manbalarini nazorat qilish va zararli chiqindilarni kamaytirish choralarini davom ettirish zarurligini ta’kidlamoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Tashrif dasturiga ko‘ra, Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

“O‘zbek alifbosiga kiritilgan o‘zgartirishlarni jamiyat hayotining barcha sohalariga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

U Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan qidiruvga berilgan bo‘lib, O‘zbekistonga qaytarilgan.

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari va holatlarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

Sanoat, axborot va aloqa hamda qurilish yo‘nalishlari ham xorijiy korxonalar faoliyatida yetakchi sohalar qatorida.

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Yangi me’yordan foydalanish uchun fuqarolardan ariza yoki qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

Reyting natijalari e’lon qilinganidan keyin 15 ish kuni ichida rag‘batlantirish mablag‘lari davlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘tkaziladi.

3,2 mlrd so‘m qimorga tikildi: bank xodimi mijozlar mablag‘ini o‘zlashtirgan

3,2 mlrd so‘m qimorga tikildi: bank xodimi mijozlar mablag‘ini o‘zlashtirgan

Andijonda onlayn qimor bilan bog‘liq bir nechta firibgarlik holatlari fosh etildi.