“Nasaf” bugun “Ahal”ni yutsa qancha pul ishlab oladi? “Bagan”ni yutsa-chi?
Bugun Qarshi shahrida OFK kubogi chorak finalidan o‘rin olgan “Nasaf” bilan Turkmanistonning “Ahal” klubi o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi.


Uchrashuvda yutgan tomon ham Markaziy Osiyo mintaqasi g‘olibi sifatida OFK kubogi yarim finaliga chiqadi, ham yaxshigina pul ishlab oladi. Musobaqa tartibiga ko‘ra, bugungi o‘yin g‘olibi yarim final ishtirokchisi sifatida 100 ming AQSH dollariga ega bo‘ladi. Qarshiliklar bu o‘yinda g‘alaba qozonsa, yarim finalda Hindistonning «Bagan» jamoasi bilan maydonga tushadi. Unda ham g‘olib chiqsa, «Nasaf» g‘aznasi 750 ming dollarga boyiydi. OFK kubogi g‘olibi esa 1,5 million dollar miqdorida mukofot puliga ega bo‘ladi.
Maʼlumot uchun, Qarshining «Nasaf» klubi 2011 yilda OFK kubogida g‘alaba qozongan. Bu o‘zbek klublarining xalqaro maydonda qo‘lga kiritgan yagona rasmiy sovrini sanaladi.
Avvalroq “Nasaf” jamoasining turkman klubi bilan o‘ynashi haqida xabar bergan edik.
Jamshid Amirov







