Rasman: Srechko Katanets — O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi
Sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati maʼlum qildi.


Srechko Katanets bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.
Katanes murabbiylik faoliyati davomida Makedoniya, BAA, Sloveniya va Iroq milliy jamoalarini boshqargan. Sloveniyani ilk bor Jahon va Yevropa chempionatlariga olib chiqqan.
Katanetsga 5 nafar xorijlik mutaxassis yordam beradi. Alesh Chex va Vlado Radmanovich — yordamchi murabbiylar. Martin Magister futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga javobgar bo‘ladi. Nihad Peykovich esa darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi. Shuningdek, shtabdan fizioterapevt Ian Katanets o‘rin olgan.
Avvalroq futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamosiga kim murabbiy bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida xabar bergandik.







