Sport

Navbatdagi oltin medal! Feruz Saidov finalda qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi

Tokio shahrida Paralimpiya o‘yinlari davom etmoqda. 28 avgust kuni para dzyudo bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi oltin medal! Feruz Saidov finalda qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi

 

 

-81 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Feruz Saidov musobaqaning hal qiluvchi bahsida qozog‘istonlik Temirjan Dauletni ippon bahosi bilan mag‘lub etib, Paralimpiya o‘yinlarining oltin medalni qo‘lga kiritdi.

 

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining musobaqadagi oltin medallari soni 4 taga yetdi. Umumiy medallar borasidagi ko‘rsatkich esa 9 tani tashkil qilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Tokio-2020”: Paralimpiyachilarimiz dastlabki medalni qo‘lga kiritgani, yollar o‘rtasida para yengil atletikaning nayza uloqtirish turida F13 klassida hamyurtimiz Nozimaxon Qayumova oltin medalni qo‘lga kiritgani hamda  yengil atletikaning disk uloqtirish bo‘yicha F57 klassida o‘tkazilgan bahslarda hamyurtimiz Mohigul Hamdamova ham oltin medalga sazovor bo‘lgani to‘g‘risida xabar bergandik.

Navbatdagi oltin medal! Feruz Saidov finalda qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi | Zamon.uz