Server Ibragimov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik atletlarning “Tokio-2021” yozgi Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki davom etmoqda. Biroz avval Server Ibragimov 10 metrga to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha saralash bahsida ishtirok etdi.


Tajribali sportchimiz 6 ta urinishda 574 ochko jamg‘arib, 4-o‘rinni band etdi.
Ushbu saralash bosqichida jami 27 nafar sportchi ishtirok etib, ular ichidan eng yaxshi natija qayd etgan 8 sportchi finalga yo‘l oldi.
Hamyurtimizning final bahsidagi ishtiroki bugun Toshkent vaqti bilan 10:30 da boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha yana bir hamyurtimiz Shohsanam Toshpo‘latova final bahslarida qatnashib bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Maqsadjon Obidjonov tayyorladi.







