Sport

Kulusevski: “Ispaniyani katta hisobda mag’lub etishimiz mumkin edi”

Shvetsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Deyan Kulusevski JCH-22 saralashida Ispaniya ustidan qozonilgan g’alaba haqida gapirdi:

Kulusevski: “Ispaniyani katta hisobda mag’lub etishimiz mumkin edi”

 

“Biz o’ylaganimizdan ko’ra kuchliroqmiz. Uchrashuvda katta hisobda g’alaba qozonishimiz mumkin edi. Baribir, natijadan faxrlanaman. Bu mening hayotimda sodir bo’lgan eng yaxshi voqealardan biri bo’ldi. Bizda yaxshi jamoa bor”, - deydi futbolchi.

 

 

Ushbu uchrashuv Stokgolmdagi “Friends Arena”da bo’lib o’tdi. O’yin shvedlarning 2:1 hisobidagi ustunligi bilan yakunlandi. G’alaba golini “Krosnadar” futbolchisi Viktor Klasson kiritdi.

 

Ma’lumot uchun, Shvetsiya saralash bosqichining barcha uchrashuvlarida g’alaba qozondi. Ular 9 ochko jamg’argan holda turnir jadvalida birinchi o’rinni band qilmoqda. Ispanlar 7 ochko bilan ikkinchi pog’onada bormoqda. Keyingi turda Shvetsiya Gretsiya mehmoni bo’ladi. Ispaniya esa Gruziyani qabul qiladi.

 

Eslatib o’tamiz, avvalroq “Barselona” Miralem Pyanichni ijaraga bergani haqida xabar bergandik.