Ronaldu «Ginnes rekordlar kitobi»ga kirdi
Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu «Ginnes rekordlar kitobi»ga kirdi.


U terma jamoa miqiyosida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida bu natijani qayd etdi.
Futbolchi Instagram sahifasida: «Ginnes rekordlar kitobiga rahmat. Dunyo rekordchisi sifatida tan olinish har doim yoqimli. Keling, sayohatni davom ettiramiz va bundan katta marralarni zabt etishga harakat qilamiz»,- deya, «Ginnes rekordlar kitobi» sertifikati bilan tushgan rasmini joyladi.
Maʼlumot uchun, “KriRa” JCH-2022 saralashi doirasidagi Irlandiyaga qarshi bahsda dubl qayd etib, Portugaliyaning ustunligini taʼminladi. Shu tariqa Ronaldu terma jamoasi uchun xalqaro miqiyosda 111 ta gol kiritib, raqiblar darvozasini 109 bor ishg‘ol etgan Eronlik Ali Daining rekordini yangiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianuning «Oltin to‘p»ni yutmoqchi ekanligi haqidagi xabarni bergandik.
Maqsadjon Obidjonov







