Sport

MDH o‘yinlari: O‘zbekiston sportchilari 91 ta medal bilan ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan MDH o‘yinlari  yakuniga yetdi.

MDH o‘yinlari: O‘zbekiston sportchilari 91 ta medal bilan ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

 

Ilk bor tashkil qilingan mazkur musobaqada sportchilarimiz munosib ishtirok etib, umumjamoa hisobida 9 mamlakat o‘rtasida ikkinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston delegatsiyasi jami 91 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 23 tasi oltin, 32 tasi kumush, 36 tasi bronza.

 

Birinchi o‘rin mezbon Rossiyagauchinchi o‘rin  esa Qozog‘iston vakillariga nasib qildi.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq MDH: Olimpiada sovrindorlariga qaysi mamlakt qancha pul mukofoti berilgani hamda MDH o‘yinlarida O‘zbekiston 57 ta medal bilan  2-o‘rinda borayotgani haqida xabar berilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"