Sport

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlariga Samarqanddan uy sovg‘a qilindi

Samarqand shahrida Tokioda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi E.Turdimov qatnashib, barcha olimpiadachilarni erishilgan katta muvaffaqiyat bilan qutladi.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlariga Samarqanddan uy sovg‘a qilindi

 

 

Samarqanddan Olimpiada o‘yinlarida 10 nafar, Paralimpiya o‘yinlarida esa 4 nafar sportchi ishtirok etdi. Tadbirda Paralimpiya chempioni Husniddin Norbekovga Samarqand shahridan uch xonali, Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi Parvina Samandarova hamda dzyudo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari bronza medali sovrindori Davlat Bobonovga esa ikki xonali uy kaliti topshirildi.

 

Avvalroq Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov davlatimiz rahbari farmoniga asosan «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlangan, paralimpiya chempioni va rekordchisi Boburjon Omonovga Andijon shahridagi 16 qavatli yangi uydan 2 xonali kvartira sovg‘a qilgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Jamshidbek Amirov

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"