YeCHL. Bugun navbatdagi bahslar o‘tkaziladi
Bugun Yevropa chempionlar ligasining ikkinchi kungi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda “Liverpul” – “Milan”, “Inter” – «Real Madrid» jamoalari ishtirokida markaziy bahslar ham o‘tkaziladi.


Bundan tashqari bugun muxlislar «PSJ» jamoasi safida Messi, Neymar va Mbappe uchligini ko‘rishi mumkin. Parijliklar birinchi tur o‘yinida Belgiyada «Bryugge» mehmoni bo‘ladi. Shuningdek hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev to‘p surayotgan Moldovaning «Sherif» jamoasi «Shaxtyor» klubini qabul qiladi.
Chempionlar ligasining qolgan juftliklari bilan quyida tanishishingiz mumkin:
«Beshiktosh» – «Borussiya D»
«Manchester Citi» – «Leypsig»
«Atletiko» – «Portu»
«Sporting» – «Ayaks».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Manchester Yunayted» safarda «Yang Boyz» klubiga yutqazib qo‘ygani haqida xabar bergan edik.
Jamshidbek Amirov







