Eng dolzarb

Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi

Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi barpo etiladi . U davlat-sheriklik tamoyili asosida quriladi.

Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi

 

Energetika vazirligi Axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 16 sentyabr kuni Qoraqalpog‘istonda 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tender natijalari eʼlon qilindi.

 

 Unga ko‘ra, Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi 1 kilovatt-soat uchun 2.5695 AQSH sent tarif taklifi bilan tender g‘olibi deb topildi.

 

Shuningdek, “Masdar” kompaniyasi 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 2.6550 sent taklif bergan va zaxiradagi g‘olib deb topilgan.

 

Mazkur stansiya 2023-yilda ishga tushiriladi va yiliga 350 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Ushbu loyiha amalga oshirilishi ortidan Respublikada ekologik toza energiya ishlab chiqarilishi hajmi ortadi. Shuningdek, shamol elektr stansiyasi yiliga issiqxona gazlar chiqishini 160 ming tonnaga kamaytiradi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  “Masdar” kompaniyasi Samarqand va Jizzaxda 2 ta fotoelektr stansiyasi qurishi xabar qilingan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi | Zamon.uz