Keynning “Tottenxem”da qolganidan xursandman — Tuxel
Angliyaning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Xarri Keynning "Manchester Siti" bilan amalga oshmay qolgan shartnomasi haqida fikr bildirdi.


Murabbiy Keynning “shporlar” bilan qolganidan xursand ekanini aytdi.
"Men bu shartnomaning amalga oshmasligiga ishonardim. Chunki Xarri Keynni boshqa jamoa libosida ko‘rishni tasavvur qilolmayman. Uning “Tottenxem”da qolganidan xursandman.Futbolda bitta klubga sodiq qoluvchi yulduzlarni kamdan-kam uchratish mumkin. Xarri — “Tottenxem” timsoli", - deydi Germaniyalik mutaxassis.
Maʼlumot uchun: 28 yoshli hujumchi 2011 yilning yanvar oyidan beri “shporlar” sharafini himoya qilib keladi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2023/2024 yil mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval «Inter Mayami» Messini sotib olmoqchi ekani haqida xabar bergan edik.
Maqsadjon Obidjonov







