Massimiliano Allegri: “Natijalar o‘yinlarimiz darajasiga to‘g‘ri kelmayapti”
Massimiliano Allegri: “Natijalar o‘yinlarimiz darajasiga to‘g‘ri kelmayapti”.

“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri “A Seriya”ning 4-turidan o‘rin olgan “Milan”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrini bildirdi.
“Jamoa bundan ham ko‘proq ochko to‘plashi mumkin edi. Natijalar o‘yinlarimiz darajasiga to‘g‘ri kelmayapti.
Kelasi o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak, tarkib borasida hali bir qarorga kelganimcha yo‘q, chunki tanaffusga qadar bizda juda ko‘p o‘yin bor. Buni keyinroq hal qilmoqchimiz. Negaki, barcha futbolchilar jamoaga yordam berishga tayyor ekanligini his qilishi muhim.
Uchrashuvda maydonga tushishi so‘roq ostida bo‘lgan futbolchilardan biri bu Federiko Kyeza. U maydonda maksimal darajada harakat qiladi, bundan yaxshirog‘ini ham uddalashi mumkin. Kyeza maydonni yaxshi his qiladi, o‘yinlarni boshqarishda qobiliyatga ega. Maydon bo‘ylab harakatlana oladi.
Futbolchilar asosan mavsum boshida yig‘ildi va bir-biriga moslashmoqda.
“Milan” Chempionlar ligasida ajoyib o‘yin namoyish etdi. Ertaga bizni super o‘yin kutmoqda. “Yuventus” va “Milan” to‘qnashuvi har doim shunday bo‘lgan. Umid qilamanki, yaxshi natija qayd etamiz”, — deydi turinliklar bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun: ushbu bahs 19 sentyabr kuni “Yuventus” maydonida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Allegrining Ronalduni ketishi haqida bildirgan fikrlarini taqdim etgan edik.
Maqsad Obidjonov







