
“Ronaldu endi “Yuve”da o‘ynashni istamadi, shuning uchun u “MYU”ga qaytdi. Hammasi kutilgan edi. Uning uchun o‘tgan mavsum so‘ngisi bo‘lishini biz bilardik.
Mayli, hayot to‘xtab qolmaydi. Ronalduning ketishi fojia emas. Jamoa yangidan yangi sovrinlar uchun kurashishda davom etadi. Krishtianuning kelgusi faoliyatiga esa omad tilayman”, - deydi turinliklar bosh murabbiyi.
Maʼlumot uchun, 36 yoshli portugaliyalik superyulduz 2018-yil iyul oyida “Yuventus” klubi bilan shatnoma imzolagandi.
Bir necha kun avval u Italiyadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi va Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi safiga qo‘shildi.
Ronaldu avval ham 2003-2009 yillar oralig‘ida «Manchester Yunayted»da o‘ynagan. U «Qizil iblislar» bilan uch marta Angliya chempionligini, ikki marta Angliya Liga kubogini va bir marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronalduning majburiy karantinni o‘tkazayotgani haqida xabar bergandik.
Maqsadjon Obidjonov


