Sport

“Surxon” klubi aʼzolari Javohir Esonqulovni urdi...(mi? )

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarga "Surxon" klubi sobiq futbolchisi Javohir Esonqulov o‘zining kaltaklangani yuzasidan tegishli organlarga murojaat qilgani to‘g‘risidagi videoni joylashtirdi.

“Surxon” klubi aʼzolari Javohir Esonqulovni urdi...(mi? )

 

Ushbu videoda futbolchini “Surxon” klubi aʼzolari kaltaklagani aytilgan. Voqeaga klub matbuot xizmati munosabat bildirdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, “Surxon” klubi va sobiq futbolchi Javohir Esonqulov o‘rtasida tuzilgan shartnoma 2021 yilning 21iyul kuni ikkala tomonning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilingan va futbolchi klubdan hech qanday moliyaviy eʼtirozi yo‘qligi haqidagi rasmiy hujjatga qo‘l qo‘yib, tasdiqlab bergan. Sobiq futbolchi shartnoma bekor qilingan bo‘lsa-da, klub ofisiga kelib, qo‘shimcha pullar talab qila boshlagan. Sobiq futbolchilar Javohir Esonqulov va Akrom Xodjayev o‘zaro til biriktirib, klub ofisi eshigi yonida jamoa rahbari nomiga qo‘pol so‘zlar aytgan. Bu vaziyatdan xabar topgan jamoa sardori Asror G‘afurov vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida har ikkala futbolchini klub ofisiga olib kelgan va ushbu so‘zlarni nega yozganligi bo‘yicha izoh so‘ragan. Futbolchilar esa buni ular yozmaganligini aytadi. Biroq ularning har bir harakati klub ofisida o‘rnatilgan kuzatuv kameralarida yozib olingan. Jamoa sardori Asror G‘afurov futbolchilarni tartibga chaqirgan vaqtida o‘lar o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lgan va ikkala futbolchi bir-biri bilan mushtlashib ketgan. Klub sport direktori A.Tairov va klub 1-vitse prezidenti A.Abdurahmonov har ikkala futbolchini ajratib, yarashtirib qo‘ygan. Shundan so‘ng sobiq futbolchilar J.Esonqulov va A.Xodjayev o‘z aybiga iqror bo‘lib, yozma ravishda uzr so‘ragan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida «Sky Camp» sport festivaliga start berilgani haqida xabar bergan edik. 

 

Jamshid Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Surxon” klubi aʼzolari Javohir Esonqulovni urdi...(mi? ) | Zamon.uz