Eng dolzarb

“Tolibon” vakili doimiy hukumat tuzilishi haqidagi savolga aniq javob bera olmadi

“Tolibon” rasmiysi doimiy hukumat tuzilishi borasida berilgan savolga  javob berdi. Bu haqda “Ria Novosti” xabar bergan.

“Tolibon” vakili doimiy hukumat tuzilishi haqidagi savolga aniq javob bera olmadi

 

 

Harakat rasmiy vakili Suhayl Shahin Yaponiyaning “NHK” telekanaliga bergan intervyusida doimiy hukumat masalasi ko‘tarilgan. Lekin Shahin uning qachon to‘liq tuzilishi masalasiga aniq javob bermagan.

 

“Vazirlar Mahkamasi tarkibining to‘liq tuzilishi uchun bir necha kun yoki bir necha oy kerak bo‘lishi mumkin. Uning tarkibida baʼzi o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin”, — degan harakat vakili.

Shuningdek, u yangi hukumat inauguratsiyasi rejalashtirilgani, ammo keyinchalik bekor qilinganini maʼlum qildi. “Biz bu borada marosim o‘tkazishni rejalashtirgandik, lekin barcha vazirlar tayinlanishi maʼlum vaqt talab qilishini inobatga olib bekor qildik”, — deb taʼkidlagan.

 

Suhayl Shahin AQSH bilan munosabatlarga ham to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar Vashington bilan yangi bosqichdagi munosabatlarni o‘rnatishga tayyor.

 

Maʼlumot o‘rnida: 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Kobulni egallagan. 31 avgustda AQSH Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. Harakat tomonidan egallanmagan yagona hudud — Panjsher  edi. Ammo 6 sentyabrda ushbu hudud ham “Tolibon” nazoratiga o‘tdi.  Shundan keyin toliblar 7 sentyabr kuni mamlakatning yangi hukumati tuzilganini eʼlon qildi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Afg‘onistonning Hilmand viloyati yangi gubernatori G‘arbni Afg‘onistonga investitsiyalar kiritishga chaqirgan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

“Tolibon” vakili doimiy hukumat tuzilishi haqidagi savolga aniq javob bera olmadi | Zamon.uz