Yaponiyada to‘fon tufayli 400 nafarga yaqin odam evakuatsiya qilinadi
Yaponiyaga yopirilgan kuchli to‘fon tufayli mamlakatning markaziy hududlarida 30 dan ortiq reyslar bekor qilindi, deb xabar beradi “NHK”.

Kyusyu oroli sohiliga yetib kelgan to‘fon sharqqa qarab harakatlanishda davom etmoqda.
"Odamlar halokatli ob-havo sharoitiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Rasmiylar tayfun bosib o‘tadigan hududlarda yashovchilarni ko‘chki va suv toshqinlaridan ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda", — deyiladi xabarda. Qurbonlar va jarohat olganlar to‘g‘risida maʼlumot yo‘q.
Hozircha 400 nafarga yaqin odam evakuatsiya qilinadi.
To‘fon yakshanba kuni ertalab pasayishi kutilmoqda.
Bundan avval Tayvan va Shanxayga ham kuchli bo‘ron yoprilgani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, AQSHning Luiziana shtatiga dahshatli to‘fon kirib kelgandi.
Maʼlumot uchun, Luiziana o‘tmishda ham bu kabi tabiiy ofatlar bilan to‘qnash kelgan. Xususan, 2005 yilda shtatda “Katrina” to‘foni bo‘lib o‘tgan, oqibatda 1 800 kishi halok bo‘lgan. O‘shanda Yangi Orleanning 80 foizi suv ostida qolgan, jami 108 milliard dollarlik zarar ko‘rilgan. Lekin “Ida” shtat tarixida oxirgi 107 yil ichida kuzatilgan eng kuchli to‘fon sifatida baholanmoqda.
Avvalroq, AQSHda “Ida” bo‘roni qurbonlari soni 71 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi.
Nasiba To‘xtayeva







