Sport

2020/2021 yilgi mavsum «Oltin butsa» sovrini  egasi aniq bo‘ldi

2020/2021 yilgi mavsum «Oltin butsa» sovrini  egasi aniq bo‘ldi.

2020/2021 yilgi mavsum «Oltin butsa» sovrini  egasi aniq bo‘ldi

 

 

Germaniyaning “Bavariya” klubi hujumchisi Robert Levandovski har yili Yevropaning eng yaxshi to‘purariga beriladigan «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritdi.

 

Myunxenliklar vakili ushbu mavsum Bundesligada 41 ta gol kiritdi va Germaniyada Gerd Myullerdan keyin ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan ikkinchi futbolchi sifatida tarixga kirdi.

 

«Men ushbu yuksak sovrinni qo‘lga kiritganimdan xursandman. Shu o‘rinda, murabbiylar shatbiga, oilamga, jamoadoshlarimga va butun “Bavariya”ga minnatdorchilik bildiraman. Chunki ularning qo‘llab-quvvatlashisiz bunday natijaga erisha olmasdim.  Muxlislarimizga biz bilan birga bo‘lganliklari uchun tashakkur bildiraman», - deydi Levandovski

 

Maʼlumot uchun: o‘tgan mavsum «Oltin butsa» sovrinini “Latsio” futbolchisi Chiro Immobile qo‘lga kiritgan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval “Fiorentina” hujumchisi Dushan Vlahovich haqidagi xabarni taqdim etgan edik.

 

Maqsad Obidjonov