1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“Fiorentina” hujumchisiga bir nechta top klub qiziqish bildirgan

Italiyaning “Fiorentina” jamoasi yetkachilaridan biri Dushan Vlahovich nima uchun yozgi transfer oynasida boshqa klubga o‘tmaganiga izoh berdi.

“Fiorentina” hujumchisiga bir nechta top klub qiziqish bildirgan

 

 

Serbiyalik hujumchining taʼkidlashicha, unga «Manchester Siti», “Yuventus” va “Milan” klublaridan ham takliflar bo‘lgan, lekin futbolchi shu jamoada qolishni afzal bilgan.

 

“Men barcha takliflardan voz kechib “Fiorentina”da qolishni afzal bildim. Men bu yerda o‘zimni juda ham erkin his qilaman va yana ko‘plab gollar urishni xohlayman. Qolgan barchasi o‘z vaqti bilan hal bo‘ladi”, — deydi futbolchi.

 

Maʼlumot uchun: Dushan Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 4 o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi (2 tasi penaltidan).

 

Futbolchining “binafsharanglilar” bilan tuzgan shartnomasi 2023-yilning yozigacha amal qiladi. Hozirda uning transfer qiymati 40 million yevroni tashkil etmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Anchelotti David Luizni “Real”ga taklif qilgani haqida xabar bergan edik.

 

 

Maqsadjon Obidjonov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика