0

Endi O‘zbekistonda AI-98 markali benzin ham ishlab chiqariladi

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida AI–98 yuqori sifatli etellanmagan benzin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ xabar berdi.

Endi O‘zbekistonda AI-98 markali benzin ham ishlab chiqariladi

 

 

Unda keltirilishicha, mazkur yutuq mahalliy mutaxassislarning izlanishi natijasi bo‘lib, xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik qilinmagan.

 

AI–98 avtomobil benzinining dastlabki partiyasi ishlab chiqarilib, fizik-kimyoviy xususiyatlari standartga binoan muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan. Hozirda zavod ushbu mahsulotni seriyali ishlab chiqarish uchun O‘zDSt 3031:2015 “Avtomobil benzinlari. Texnik shartlar” sertifikati bilan ishlash jarayonini davom ettirmoqda.

 

 

Benzinning bu turi, asosan, siqish darajasi 12 dan 14 gacha bo‘lgan dvigatelli avtomobillarda ishlatiladi. AI–98 benzini yuqori detonasiyaga qarshi xususiyat (oktan xarakteristika)lari tufayli dvigatel quvvatini oshiradi. Shuningdek, tezlanish dinamikasini yaxshilaydi, tebranish, shovqin darajasini pasaytirib, yonilg‘i sarfini sezilarli darajada kamaytiradi.

 

Maʼlumot o‘rnida: Bugungi kunda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 19 dan ortiq markaga ega bo‘lgan 9 ta turdagi mahsulot ishlab chiqariladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda benzin narxi yil boshidan buyon 17 foizga qimmatlashgani hamda eng ko‘p benzin qaysi hududda ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Olamgir Abdiyev

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Endi O‘zbekistonda AI-98 markali benzin ham ishlab chiqariladi