Eng dolzarb

“Tolibon”ning tan olinishi eng muhim masala emas – Pokiston TIV

Pokiston “Tolibon” hokmiyatini tan olishga shoshilmaydi. Bu haqda Pokiston TIV rahbari Shoh Mahmud Qurayshiy maʼlum qildi.

“Tolibon”ning tan olinishi eng muhim masala emas – Pokiston TIV

 

 

“Pokiston toliblarni tan olgani yo‘q. Biz vaziyat qay tarzda rivojlanishini kuzatamiz. Ular vaqtinchalik hukumat tuzilganini eʼlon qildi, lekin hozir bu bosqichda “Tolibon”ni hech kim tan olmaydi”, — degan Qurayshiy.

 

Pokiston tashqi ishlar vaziri toliblarning hozirda tan  olinishi eng muhim masala emasligini aytgan. Uning fikricha, hozirda eng muhim masala –– gumanitar inqirozning oldini olish.

 

“Agar hech qanday harakat qilinmasa, gumanitr halokat yuz beradi. Pokiston uning oqibatlari bilan darhol  to‘qnash keladi, ammo oxir-oqibatda G‘arb ham bunga tovon to‘laydi”, – deb ogohlantirgan Qurayshiy.

 

Maʼlumot o‘rnida: 15-avgust kuni “Tolibon” harakati Kobulni egallagan. 31-avgustda AQSH Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. Harakat tomonidan egallanmagan yagona viloyat  Panjsher  edi. Ammo 6 sentyabrda ushbu hudud ham “Tolibon” nazoratiga o‘tdi.  Shundan keyin toliblar 7-sentabr kuni mamlakatning yangi hukumati tuzilganini eʼlon qildi.

 

 Bundan avval Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy Eron va Tojikistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasi yaqin ekanini aytgan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

“Tolibon”ning tan olinishi eng muhim masala emas – Pokiston TIV | Zamon.uz