Sport

Bugun Toshkentda “tungi velosayr” o‘tkaziladi

Bugun, 22-sentabr – O‘zbekistonda “Avtomobilsiz kun” deb eʼlon qilindi.

Bugun Toshkentda “tungi velosayr” o‘tkaziladi

 

 

Sana munosabati bilan Toshkentda “Tungi velosayr” tashkil etiladi. Sayr bugun, 22-sentabr kuni kech soat 20:00da boshlanadi. Mahtumquli va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalaridan “Yangi O‘zbekiston” bog‘igacha bo‘lgan yo‘lda davom etadi. Veloharakat davoomida avtomobillar harakati to‘liq to‘xtatilmaydi. Tadbirda professionallar qatori ko‘ngillilar ham ishtirok etishlari mumkin.

 

Turizm va sport vaziri sana munosabati bilan davlat idoralari va mahalliy organlar rahbarlarini shaxsiy namuna ko‘rsatishga chorladi.

 

 

-“Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan davlat idoralari va mahalliy organlari rahbarlarini shaxsiy namuna ko‘rsatib, 22 sentyabr “Xalqaro avtomobilsiz kun” tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqiraman. Shu bilan birga, ilm-fan, madaniyat va sport sohalari xodimlari hamda OAV vakillarini, qolaversa barcha yurtdoshlarimizni shu kuni ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etishga hamda bir kun davomida avtomobil o‘rniga velosipeddan foydalanish yoki piyoda harakatlanishga chorlab qolaman. Avtomobilsiz kun aksiyasi doirasida #carfreeday_uzbekistan, #shaxsiynamunakursat, #avtomobilsizbirkun xeshteglaridan foydalanib, yana-da keng aholini qamrab olishni taklif etaman. Zero bu kabi tadbirlarni o‘tkazish mamlakatimizda yo‘l xarakati xafsizligini yana-da takomillashtirish, shahar aholisi o‘rtasida ekologik madaniyat hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni maqsad qilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham o‘z tavsiyalarida jismoniy faollikni oshirish infetsion, yurak-qon tomir, saraton va qandli diabet kasalliklar profilaktikasida muhim o‘rin tutishini taʼkidlaydi. Shunday ekan, fikrimcha, ayni damda dunyoda pandemiya bilan bog‘liq vaziyatda bunday aksiyaning o‘tkazilishi ayni muddaodir”, - deydi Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov.

 

Tashkilotchilarning maʼlum qilishicha, festival doirasida Toshkent shahrining tungi go‘zalligi, madaniy xususiyatlari keng targ‘ib qilinib, aholining turli qatlamlari ishtirokida velosayr, skeytlarda, samokatlarda va roliklarda uchish, shuningdek, mohir velosipedchilar tomonidan aholiga velomahorat darslarini namoyish etish o‘rin olgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonlik yurtdoshimiz Beruniydan Toshkentgacha bo‘lgan masofani velosipedda bosib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Bugun Toshkentda “tungi velosayr” o‘tkaziladi | Zamon.uz